NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH METODLARI

  • Home
  • NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH METODLARI
Shape Image One

Joriy status

Boshlanmagan

Narxi

Bepul

Boshlash

1. KURS TAVSIFI

Ushbu kurs nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy, institutsional va amaliy mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Kurs davomida nogironlar huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro-huquqiy asoslari, davlat va jamoatchilik institutlari faoliyati, diskriminatsiya holatlarini aniqlash va tahlil qilish metodlari, hujjatlashtirish va dalillarni to‘plash tartibi, sudgacha bo‘lgan va sud orqali himoya mexanizmlari keng yoritiladi.

Shuningdek, kurs zamonaviy texnologiyalarning – xususan sun’iy intellekt va raqamli vositalarning – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni va imkoniyatlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Kurs talabalarda nogironlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash, baholash, dalillash, tahlil qilish hamda himoya strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Kurs davomiyligi 10 soat bo‘lib unda jami 5ta modul bor. Har bir modul
2 soatni tashkil etadi. Kurs yakuni bo‘yicha sertifikat taqdim etiladi.

2. KURSDAN KUTILGAN NATIJALAR

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan talaba quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:

1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro-huquqiy asoslarini tahlil qila oladi.

2. Nogironlarni kamsitish (diskriminatsiya) holatlarini aniqlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita diskriminatsiya turlarini huquqiy jihatdan baholay oladi.

3. Huquqbuzarlik holatlarini hujjatlashtirish, foto-audio dalillarni yig‘ish va ularni saqlashning huquqiy talablarini amaliyotga tatbiq eta oladi.

4. Sudgacha bo‘lgan va sud tartibida himoya mexanizmlarini qo‘llay oladi, Ombudsman, Milliy markaz, sud va prokuratura institutlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘ladi.

5. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida huquqbuzarliklarni aniqlash, monitoring yuritish va tahlil qilish usullarini qo‘llay oladi.

6. Jamoatchilik nazorati va NNTlar bilan hamkorlikda nogironlar huquqlarini himoya qilish strategiyalarini ishlab chiqadi.

3. KURS TARKIBI

Modul nomlariSoatlarMustaqil ta’lim soatlari
1Nogironlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari24
2Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitish (diskriminatsiya) holatlarini aniqlash va huquqiy tahlil qilish metodi  24
3Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari buzilganlik holatlarini hujjatlashtirish va dalillar to‘plash metodlari24
4Nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini himoya qilishning sudga qadar va sud bosqichlari24
5Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoya qilishda sun’iy intellekt va raqamli texxnologiyalarning ahamiyati24
Total1020

4. FOYDALANISH UCHUN MANBALAR

Saidov A.X. Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2023. – 40 bet.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. https://lex.uz/docs/-6445145 

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son. https://lex.uz/docs/-5049511

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  Farmoni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son.  https://lex.uz/ru/docs/-4872355

Birlashgan millatlar tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi. https://www.un.org/disabilities/documents/convention/convoptprot-e.pdf

UNICEF (2019). Situation Analysis on Children and Adults with Disabilities in Uzbekistan. (Brief report published by UN Uzbekistan) – findings on healthcare access and attitudes.

World Bank (2021). Uzbekistan Disability Inclusion Country Profile. Washington, DC: World Bank Group. – statistics on prevalence and recommendations.

UNDP (2023). Delivery of Social Services for Persons with Disabilities (Guide developed under UNPRPD project) – notes CRPD ratification and shift to social model.

Uzbekistan Law Blog (Tojiboev, S., 2021). “Law on the rights of persons with disabilities came into force: transformation or lip service?” – analysis of the new law’s strengths and gaps.

UNICEF Uzbekistan (2022). Press Release: 225 schools open doors to children with disabilities – data on institutionalized children and out-of-school estimates.

Eurasia Foundation (2023). Success Story: NGO helps pioneer disability-inclusive employment in Uzbekistan – case of IshPlus.uz and employment outcomes.

Statistics Committee of Uzbekistan – Gender/Disability stats portal (2021). “Number of persons with disabilities receiving pensions and benefits”. (Referenced via World Bank).

Gazeta.uz (2020). “Disability questions were not included in census program”. (News article explaining lack of disability data in census).

UN General Assembly (2023). Report of the Special Rapporteur on the rights of persons with disabilities – Visit to Kazakhstan. (For regional context and recommendations; comparative insight, though not directly on Uzbekistan).

Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. (2025). Demographic situation in the Republic of Uzbekistan: January–December 2024.

Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, European Union, Agence Française de Développement (AFD), & United Nations Development Programme (UNDP). (2024, August). Uzbekistan July 2021 SDG bond final allocation and impact report.

The World Bank & G3ict. (2024, June). Accelerating the inclusion of persons with disabilities in Uzbekistan’s digital economy.

Kurs kontenti

1-MODUL:
2-MODUL:
3-MODUL:
4-MODUL:
1 / 2