NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR HUQUQLARINI TADQIQ ETISH ASOSLARI KURSI

  • Home
  • NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR HUQUQLARINI TADQIQ ETISH ASOSLARI KURSI
Shape Image One

Current Status

Not Enrolled

Price

Free

Get Started

1.KURS TAVSIFI

Ushbu kurs nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini milliy va xalqaro darajada o‘rganishga qaratilgan. Unda nogironlik tushunchasining rivojlanishi, uning turlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar duch keladigan to‘siqlar, asosiy xalqaro inson huquqlari hujjatlari, O‘zbekiston qonunchiligidagi huquqiy kafolatlar, shuningdek, tadqiqot metodologiyasi yoritib beriladi. Kurs davomida BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRPD), Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (ICESCR) kabi asosiy hujjatlar tahlil qilinadi. Nogironlik bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda statistika, monitoring va baholash tizimining o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Kurs talabalarida nogironlikka nisbatan huquqiy, ijtimoiy va etik yondashuvlar bo‘yicha kompleks bilim hamda tahliliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Kurs davomiyligi 10 soat bo‘lib unda jami 5ta modul bor. Har bir modul 2 soatni tashkil etadi. Kurs yakuni bo‘yicha sertifikat taqdim etiladi.

 

2. KURSDAN KUTILGAN NATIJALAR

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan talaba quyidagilarga erishadi:

  •  Nogironlik tushunchasi, uning turlari va modellari (tibbiy, ijtimoiy va huquqiy), shuningdek ableism (qobiliyatsizlantirish) fenomenini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qila oladi.
  •  Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini xalqaro huquqiy hujjatlar (xususan, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya — CRPD) va milliy qonunchilik (O‘zbekiston qonunlari) doirasida tushunadi va sharhlay oladi.
  •  Inklyuziv ta’lim muhitini yaratish, inklyuzivlik tamoyillarini amalda qo‘llash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar yaratish jarayonida huquqiy va ijtimoiy strategiyalar ishlab chiqadi.
  •  Tadqiqot metodologiyasi, monitoring va baholash usullari yordamida nogironlar huquqlariga oid ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va asosli xulosalar chiqaradi.
  •  Statistik ma’lumotlar, inklyuzivlik indikatorlari va amaliy misollar asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari holatini baholay oladi, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi va bularni jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari yoki huquqiy boshqaruv tizimlarida amalda qo‘llay oladi.

3. KURS TARKIBI

ModullarJami soatlarMustaqil ta’lim soatlari
1Nogironlik tushunchasi va uning turlari 24
2Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga oid xalqaro-huquqiy asoslar24
3Nogironligi bo‘lgan shaxs huquqlarini tadqiq qilishda o‘zbekiston amaliyoti24
4Nogirionligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini tadqiq etish metodologiyasi24
5Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini tadqiq qilishda statistik ma’lumotlar, monitoring va baholash tizimining o‘rni24
Jami1020

4. FOYDALANISH UCHUN MANBALAR

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. https://lex.uz/docs/-6445145 
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son. https://lex.uz/docs/-5049511
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  Farmoni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son.  https://lex.uz/ru/docs/-4872355
  4. Birlashgan millatlar tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi. https://www.un.org/disabilities/documents/convention/convoptprot-e.pdf
  5. UNICEF (2019). Situation Analysis on Children and Adults with Disabilities in Uzbekistan. (Brief report published by UN Uzbekistan) – findings on healthcare access and attitudes.
  6. World Bank (2021). Uzbekistan Disability Inclusion Country Profile. Washington, DC: World Bank Group. – statistics on prevalence and recommendations.
  7. UNDP (2023). Delivery of Social Services for Persons with Disabilities (Guide developed under UNPRPD project) – notes CRPD ratification and shift to social model.
  8. Uzbekistan Law Blog (Tojiboev, S., 2021). “Law on the rights of persons with disabilities came into force: transformation or lip service?” – analysis of the new law’s strengths and gaps.
  9. UNICEF Uzbekistan (2022). Press Release: 225 schools open doors to children with disabilities – data on institutionalized children and out-of-school estimates.
  10. Eurasia Foundation (2023). Success Story: NGO helps pioneer disability-inclusive employment in Uzbekistan – case of IshPlus.uz and employment outcomes.
  11. Statistics Committee of Uzbekistan – Gender/Disability stats portal (2021). “Number of persons with disabilities receiving pensions and benefits”. (Referenced via World Bank).
  12. Gazeta.uz (2020). “Disability questions were not included in census program”. (News article explaining lack of disability data in census).
  13. UN General Assembly (2023). Report of the Special Rapporteur on the rights of persons with disabilities – Visit to Kazakhstan. (For regional context and recommendations; comparative insight, though not directly on Uzbekistan).
  14. Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. (2025). Demographic situation in the Republic of Uzbekistan: January–December 2024.
  15. Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, European Union, Agence Française de Développement (AFD), & United Nations Development Programme (UNDP). (2024, August). Uzbekistan July 2021 SDG bond final allocation and impact report.
  16. The World Bank & G3ict. (2024, June). Accelerating the inclusion of persons with disabilities in Uzbekistan’s digital economy.
  17. Saidov A.X. Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2023. – 40 bet.

Course Content

1-MODUL:
NOGIRONLIK TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI 2 Topics | 1 Quiz
2-MODUL:
3-MODUL:
4-MODUL:
1 of 2